Yangiliklar

Ulug'bek hamda Rayhondan prem'era!!!
Sana: 20-01-2012

27-yanvar kuni soat 18:20da "O'zbegim taronasi" radiosi va barcha boshqa radiolarda Rayhon musiqasi, Zafar Qodirov aranjirovkasi bilan kuylangan "Aldandim" yoki "O'qilmagan kitob" nomli Ulug'bek Rahmatullaev hamda Rayhon ijrosidagi duet taronaning qo'shiq prem'erasi bo'lib o'tadi. Ushbu duet tarona yaralishi tarixi Rayhonning "Vodiy sadosi" radiosidagi "Love store" dasturida Ulug'bek mehmon bo'lgan vaqtda muxlislardan birining taklifiga borib taqaladi.
Yana bir xabar, Ulug'bek Rahmatullaev nomidan odnoklassniki saytida 47ta profil ochilganidan xabar topgan Ulug'bek va nihoyat o'zining shaxsiy profilini tashkil qilishga qaror qildi. Haqiqiy Ulug'bek Rahmatullaevni topish uchun ULUGBEK5 Original nomini izlashga berishingiz mumkin.

Ulug'bek Malayziyaga nima uchun yo'l oldi?
Sana: 02-01-2012

Bugun Malayziyaning Kuala-lumpur shahriga uchib ketgan Ulug'bek Rahmatullaev yana bir ajoyib yangilikni muxlislariga tortiq etish uchun mana shu safarga otlangani haqida ma'lum bo'ldi. Malayziya safariga Ulug'bek bir o'zi ketmadi. Unga yo'lda ajoyib klipmeyker Narimon Sultonxo'jaev hamroh bo'ladi. Bu ikki ijodkor birgalikda xorijga ketganliklaridan ular yana bir yangi klip ustida ish olib borishayotganliklarini tahmin qilish mumkin. Qani ko'raylikchi, safardan qaytgach qanday sovg'ani muxlislariga tortiq etar ekanlar.

Yangi yilingiz muborak bo'lsin!
Sana: 27-12-2011

2011 yil mobaynida siz aziz muxlislarimga imkon qadar manzur bo'ladigan qo'shiqlar kuylashga, ularga mos kliplar tasvirga tushirib, sizlarga taqdim etishga harakat qildim. Umid qilamanki, mazkur yil mobaynida taqdim etilgan har bir ijod namunalarim sizlarga oz bo'lsada ma'qul kelgan. Endi esa 2012 yil ostonasida turgan ekanmiz, men shaxsan o'zimning va ijodiy guruhimizning nomidan barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etaman. 2012 yilda yanada mazmunli va sermahsul ijodni davom ettirgan holda ajoyib taronalar bilan sizlarni xushnud etish niyatidaman!

Hurmat va ehtirom ila, Ulug'bek Rahmatullaev!

Birinchi | Avvalgi | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Qaysi qo'shiq sizga yoqadi?
Chaqaloqlar
Omadim kelmadi
Layloyimsan
Yomg'irlar

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com