Yangiliklar

«Jonim» klipi fotosuratlari...
Sana: 21-11-2011

Navbatdagi hit taronaga ishlangan klipni qarshi olishga tayyormisiz? Tayyor bo'lsangiz, yana ozgina kutishingizga to'g'ri keladi. Juda ham oz qoldi! Tez kunda "Jonim" taronasiga ishlangan videoklipni qarshi olishingiz mumkin bo'ladi. Mazkur klip g'oyasi ham Ulug'bek Rahmatullaevga mansub. Bugun ushbu klipdan fotolavhalarni saytimizning "Fotoalbom" sahifasiga joyladik. Marhamat, tomosha qiling!

2012 yil rejasidagi taronani ertaga tinglang!
Sana: 24-10-2011

Ulug'bek Rahmatullaev ertaga, ya'ni 25 oktyabr kuni o'zining yangi "Jonim" nomli qo'shig'ini barcha radioto'lqinlar orqali taqdim etadi. O'tkazib yubormang! "Bemor" taronasidan so'ng muxlislarga manzur bo'lishi kutilayotgan, aslida 2012 yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan "Jonim" qo'shig'i muxlislarning talablariga binoan shu yil, aniqrog'i ertaga ilk bora radioto'lqinlar uzra jarang sochadi. Qo'shiq mualliflari: Ahmad Hojimatov musiqasi, Tohir Muhammad she'ri. "Pan-terra" studiyasi mahsuloti. Bu qo'shiqning mp3 talqinini tez kunlarda saytimizning "Audio" bo'limidan ko'chirib olishingiz mumkin.

Ulug'bekdan 3 qo'shiq va 1 klip!
Sana: 19-09-2011

Bugun siz azizlarni yana yangi qo'shiqlar va klip bilan quvontiramiz. Ulug'bek Rahmatullaevdan "Душа больна", "Oh alam" va "Xumora" nomli qo'shiqlar saytimizning "Audio" bo'limidan o'rin egalladi. "Душа больна" taronasi "Bemor" qo'shig'ining ruscha talqini hisoblanib, uni klip ko'rinishi ham saytimizdan o'rin oldi. Ushbu klipni saytning "Video" bo'limidan ko'chirib olishingiz mumkin. Ulug'bek Rahmatullaev o'z muxlislari uchun ijod qilishdan sira to'xtamayapti...

Birinchi | Avvalgi | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Ulug'bek Rahmatullaev qaysi yo'nalishdagi qo'shiqlarni ko'paytirishini istaysiz?
Mahzun
Sho'x
Milliy
Rep-Rok

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com