Yangiliklar

Ulug'bek Rahmatullaev mukofotlari bittaga ko'paydi!
Sana: 07-09-2011

3 sentyabr kuni "Istiqlol" san'at saroyida "O'zbegim taronasi" radiosining 11 yilligiga bag'ishlangan "Yulduzli hit-parad" konsert dasturi bo'lib o'tid. Unda 2010 yil sentyabr oyida 2011 yil sentyabr oyiga qadar FM 101 to'lqinida o'tkazilgan "Hit-parad" loyihasida eng ko'p ishtirok etgan 20 nafar tarona tanlab olinib, uning ijrochilari mahsus "Oltin disk" bilan taqdirlandilar. Ularning orasida Ulug'bek Rahmatullaevning "Sensiz yashay olaman" nomli mahzun taronasi ham bor edi. Biz ushbu mukofot bilan Ulug'bek Rahmatullaevni muborakbod etgan holda "M&TVA-2011" taqdimotida ham biror bir yo'nalishda g'oliblikni qo'lga kiritishiga tilakdosh bo'lib qolamiz.

«Tasvir» gazetasida Ulug'bek Rahmatullaev!
Sana: 15-08-2011

"Tasvir" gazetasining shu yilning 11 avgust sanasida Ulug'bek Rahmatullaev bilan uyushtirilgan suhdat nashrdan chiqdi. Ushbu suhbatda Ulug'bekning so'nggi ijodiy yutuqlari va yangiliklari haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Gazetani harid qilib, suhbat bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. Suhbat sizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz. O'z o'rnida esa Ulug'bek Rahmatullaev "Tasvir" gazetasining kelgusi ishlarida omadlar yor bo'lishini tilab qoladi!

Kliplar to'plami tez kunda sotuvda!
Sana: 10-08-2011

Bir necha yillar mobaynida suratga olingan kliplar jamlanmasini endilikda bir diskning o'zida qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lmoqdasiz. Gap shundaki, yaqin kunlarda Ulug'bek Rahmatullaevning "Ko'zlaringga qarab" nomli kliplar to'plami sotuvga chiqadi. 15 avgustdan e'tiboran "Nirvana" musiqiy do'konlaridan ushbu DVD diskni so'rashingiz mumkin. 20dan ziyod kliplar jamlangan ushbu to'plam, sizni quvontirmay qolmaydi.

Birinchi | Avvalgi | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Qaysi qo'shiq sizga yoqadi?
Chaqaloqlar
Omadim kelmadi
Layloyimsan
Yomg'irlar

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com