Yangiliklar

Mustaqilligimiz 20 yilligiga bag'ishlanadi!
Sana: 10-08-2011

Ulug'bek Rahmatullaev Mustaqilligimizning 20 yillik shodiyonasiga bag'ishlab yangi qo'shiq kuyladi. Ushbu qo'shiq "Vatanim" deb nomlangan bo'lib, uning matn muallifi Bobur Bobomurod hisoblanadi, musiqa muallifi esa Baxtiyor Sobirov. Tez kunda ushbu qo'shiqni saytimiz orqali ko'chirib olishingiz va radioto'lqinlar uzra tinglashingiz mumkin bo'ladi. Shuningdek, Ulug'bek yana bir yangi kuyladi. "Jonim mani" nomli mazkur sho'x taronaning musiqasi Ahmad Xojimatovga tegishli, so'zlari esa Bobur Bobomurod ijodidan.

Rahmatullaev.com faoliyatini boshladi!
Sana: 10-08-2011

Va nihoyat Ulug'bek Rahmatullaevning muxlislari orziqib kutgan rasmiy sayt o'z faoliyatini boshladi. Endilikda siz Rahmatullaev.com manziliga tashrif buyurgan holda Ulug'bek Rahmatullaev ijodida sodir bo'layotgan barcha yangiliklardan birinchilar qatorida voqif bo'lib borishingiz mumkin bo'ladi. Eng sara fotosuratlar, barcha videokliplar hamda ijodning asosini tashkil qiladigan mp3 formatdagi qo'shiqlar saytimiz sahifalaridan o'rin egallagan. "Fan-klub" sahifasida esa barcha dil izhorlari va fikr-mulohazalar qabul qilinadi. Saytni tashkil qilishda ko'rsatgan katta hizmati uchun "COOL" dizayn studiyasiga minnatdorchilik bildiriladi.

Birinchi | Avvalgi | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13

Yangi videoklip

So'rovnoma

Ulug'bek Rahmatullaev qaysi yo'nalishdagi qo'shiqlarni ko'paytirishini istaysiz?
Mahzun
Sho'x
Milliy
Rep-Rok

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com