Yangiliklar

«Sog'inib» klipidan fotosuratlar...
Sana: 24-04-2013

Ulug'bek Rahmatullaev o'zining yangi "Sog'inib" nomli qo'shig'iga klip suratga tushirayotganligi haqida xabar bergan edik. Mana kuni kecha Yodgor Nosirov tomonidan klip suratga tushirish ishlari ham bo'lib o'tdi. 24 soat tinimsiz davom etgan suratga olish jarayoni yakunida Yodgorning tobi qochib qolib, hattoki shifoxonaga ham yetkazildi. Ammo, havotirga o'rin yo'q. Hammasi joyida. Sog’inib» taronasiga ishlanayotgan klipda siz Sherzod Bin, Sitora Alimjonova, Xusan kabi iste’dod egalarini ko’rishingiz mumkin. Klip romantik sahnalarga boy bo’lib, tomoshabinni o’ziga «mix»lab qo’yadi. Klip ssenariysi taniqli shoumen Jamshid Xojiniyozovga tegishli. Klipdan fotosuratlarni saytimizning "Fotoalbom" sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

17 aprelda «Sog'inib» taronasi prem'erasi!
Sana: 13-04-2013

Hozirgi kunda juda ham ko’p vaqtini ijod ummonida o’tkazayotgan va ko’plab yangiliklar yaratishga harakat qilayotgan Ulug’bek Rahmatullaev yana o’z muxlislarini hursand qilmoqchi ekanligini aytib o’tdi. 17 aprel kuni soat 18:20da "O'zbegim taronasi" radiosida Ulug'bekning yangi "Sog'inib" nomli qo'shig'i prem'erasi bo'lib o'tadi. Mazkur qo'shiq bastakori Alisher Tayr, aranjirovka muallifi Jasur Badalboev hisoblanadi. Ayni paytlarda Yodgor Nosirov ushbu qo’shiqqa «O-Genri» asaridan foydalanib romantik lahzalarga boy juda ham chiroyli klip ustida ish olib bormoqda.

Yangi albom va konsert diski sotuvda!
Sana: 01-02-2013

Ulug'bek Rahmatullaev yangi yilni sovg'alar bilan boshladi. 2012 yil yakuniy natijalarini chiqarish uchun bundan yaxshi g'oya bo'lmasa kerak. 2012 yilda ijro etilgan barcha qo'shiqlar bir albomda. Shuningdek, 2012 yilgi "imtixoni", ya'ni konsert dasturi videosi esa yana bir diskda sotuvda. Yangi disklarni birinchilardan qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz "Nirvana" musiqiy do'konlaridan so'rang.

Birinchi | Avvalgi | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Qaysi qo'shiq sizga yoqadi?
Chaqaloqlar
Omadim kelmadi
Layloyimsan
Yomg'irlar

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com