Yangiliklar

«Chaqaloqlar» yangi klip sizlar uchun!!!
Sana: 01-02-2013

Ulug'bek Rahmatullaev bugun dolzarb bir mavzuni qo'shiq qilib, unga suratga olib keng ommaga taqdim etmoqda. Farzand ne'matidan bahramand bo'la olmagan insonlarni ko'ngliga oz bo'lsa umid uchqunini yoqish maqsadida Ulug'bek "Chaqaloqlar" nomli qo'shiq ijro etdi. Unga Yodgor Nosirov klip suratga tushirdi. Scenariy ustida esa Jahongir Ahmedov ish olib bordi. G'oya muallifi Ulug'bek Rahmatullaev. Mazkur klip "Video" sahifasidan o'rin oldi. Uning fotosuratlarini esa "Fotoalbom" sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

6 dekabrda Ulug'bek «PhotoMania» loyihasida!!!
Sana: 30-11-2012

SB.uz portali, "The Best Studio" studiyasi hamda 7x7 gazetasi hamkorlikdagi yangi loyihasida Ulug'bek Rahmatullaev ilk ishtirokchiga aylandi. SB.uz portalining mazkur loyihasi qoidalariga ko'ra, har haftada bir yulduz "The Best Studio" studiyasiga taklif etilib, ularni eksklyuziv fotosuratlarga tushiriladi. So'ngra har haftaning payshanba kunida ushbu orginal fotosuratlar SB.uz portali hamda 7x7 gazetasida chop etiladi. Ushbu loyihaning ilk soni, ya'ni Ulug'bek Rahmatullaevning eksklyuziv fotosuratlari SB.uz portalida hamda 7x7 gazetasida 6 dekabr kuni e'tiboringizga havola qilinadi.

Yakkaxon konsertdan so'ng yana ijod boshlandi!
Sana: 22-11-2012

Xabaringiz bor 26-27 oktyabr kunlari Ulug'bek Rahmatullaev o'zining navbatdagi konsert dasturini "Istiqlol" san'at saroyida taqdim etdi. Juda ham a'lo darajada o'tgan mazkur konsert dasturidan ilhomlangan Ulug'bek ijodga yanada kirishib ketdi. Ushbu konsert dasturidan bir qator fotosuratlar saytimizning "Fotoalbom" bo'limidan o'rin egallagan bo'lsa, konsertda ijro etilgan "Yomg'irlar" taronasining mp3 formati "Audio" bo'limiga joylandi. Marhamat, qo'shiqqa baho bering.

Birinchi | Avvalgi | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Qaysi qo'shiq sizga yoqadi?
Chaqaloqlar
Omadim kelmadi
Layloyimsan
Yomg'irlar

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com