Yangiliklar

«Omadim kelmadi» - Yangi hitni qarshi oling!
Sana: 09-08-2012

Navbatdagi klip, navbatdagi hit tarona! Ulug'bek Rahmatullaevdan yangi ma'yus ohangdagi taronaga ishlangan klipni qarshi oling. Sevimli yulduzingizdan yangi hit tarona va unga ishlangan klip bugun www.rahmatullaev.com saytidan o'rin oldi. Klip voqeaviy tarzda suratga olib, u sizni e'tiboringizni bir zumda o'ziga tortib oladi. Klipni saytning "Video" sahifasidan ko'chirib olishingiz va tomosha qilishingiz mumkin. Klip fotosuratlarini esa "Fotoalbom" sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Ulug'bek Rahmatullaevdan yangiliklar...
Sana: 26-07-2012

Ulug'bek Rahmatullaev ramazon oyida ham tinim bilayotgani yo'q. U kuni kecha yurtimiz bo'ylab uyushtirilayotgan gastrol safaridan qaytdi. Konsertlarning har biri anshlag o'tganligini alohida ta'kidlash o'rinli. Ushbu konsert dasturlarida tushirilgan fotosuratlar saytning "Fotoalbom" sahifasidan o'rin oldi. Shuningdek, Ulug'bek "Omadim kelmadi" taronasiga klip tasvirga tushirilib bo'ldi. Klip rejissori Sanjar Matkarimov mazkur klipda Ulug'bek o'z aktyorlik mahoratini 100% namoyish etganligini ta'kidlamoqda. Demak, muxlislar uchun yana bir ajoyib sovg'a tez orada tayyor bo'ladi! Darvoqe, Ulug'bek Rahmatullaevni topishga qiynalayotgan bo'lsangiz, endilikda uni (+99898) 3076606 telefon raqamidan topishingiz mumkin.

16-17 iyul kunlari Buxoroda konsert!
Sana: 12-07-2012

Ketma-ket yangi qo'shiqlar va kliplar bilan muxlislarini xushnud etayotgan Ulug'bek Rahmatullaev 16-17 iyul kunlari soat 19:00da Buxoro shahri stadionlarida o'zining katta konsert dasturi bilan bo'lib qaytadi. Ulug'bekning aytishicha bu kunlari uning muxlislari uchun unutilmas kun bo'lar ekan. Chunki, Ulug'bekning o'zi ham bu konsertni orziqib kutmoqda, albatta bir necha yildan buyon Buxoroda konsert bermagan Rahmatullaev ona diyorimizning ushbu shahrida ham muxlislari bilan birga bo'lishga oshiqmoqda. Darvoqe, saytimizning "Audio" bo'limidan "Omadim kelmadi" taronasi o'rin oldi.

Birinchi | Avvalgi | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Qaysi qo'shiq sizga yoqadi?
Chaqaloqlar
Omadim kelmadi
Layloyimsan
Yomg'irlar

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com