Yangiliklar

5-iyul kuni prem'era!!!
Sana: 29-06-2012

Bastakor Ahmad Hojimatov va ustoz shoir Bobur Bobomurod birgalikda uzoq vaqtdan beri mehnat qilinayotgan yangi tarona "Omadim kelmadi sevgi bobida" deb nomlandi. Ulug'bek Rahmatullaev muallifligida yaralayotgan mazkur tarona ustida ish bundan 1 yil avval boshlangan edi. Uzoq muddatlik izlanishlardan so'ng mana endigina ushbu qo'shiq tayyor bo'lmoqda. Yangi qo'shiqni tinglashga shoshilayotgan muxlislarni 5 iyulga qadar sabr qilishlariga undaymiz. Zero, aynan 5-iyul sanasida yurtimizning barcha FM radioto'lqinlarida va internet saytlarda Ulug'bek Rahmatullaevdan "Omadim kelmadi sevgi bobida" nomli tarona prem'erasini qarshi olishingiz mumkin. Qo'shiq uchun Narimon Sultonxo'jaev va Sanjar Matkarimovlar rejissorligida klip ham tasvirga tushirilmoqda. Juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lishi kutilayotgan yangi klip haqida keyinroq batafsil to'xtalib o'tamiz.

Ulug'bekdan bolalar kuniga sovg'alar dastasi!
Sana: 22-05-2012

Xushovoz xonanda Ulug'bek Rahmatullaev 1 iyun - Xalqaro bolalar kuniga 2ta ajoyib sovg'a hozirlagan. Ulardan biri Teatr studio "Tomosha"da tahsil olayotgan 9 yoshli Dildora Azimova bilan kuylangan "Aka-singil" deb nomlangan duet tarona bo'lsa, ikkinchisi aynan 1 iyun kuni TV kanallarida namoyish etiladigan multfilmlardan biridagi Ulug'bek Rahmatullaevning ishtirokidir. Ulug'bekni multfilmga qanday aloqasi bor deysizmi? U navbatdagi multfilmdagi qahramonlardan biriga ovoz berdi. Bu sevimli xonandangizning bolajonlar uchun kichik bir sovg'asidir.

«Bemor»ning ruschasi xorijda hit bo'ldi!
Sana: 06-05-2012

Ozarbayjon hamda Armanistonda Ulug'bek Rahmatullaevning "Dusha bolna" taronasi hit darajasigacha yetganligi haqida xabarlar tarqadi. Bu haqida bilish maqsadida biz ham ba'zi izlanishlarni olib borishga qaror qildik va natijada bu ma'lumot haqiqat ekanligiga iqror bo'ldik. Internet olamida o'z mavqeiga ega bo'lga Youtube video portalidan Ulug'bek Rahmatullaevning "Dusha bolna" taronasi ham o'rin olgan bo'lib, uni tomosha qilishlar soni hozirgi kunga kelib 300 mingtaga yetganligi barchani diqqatini tortishi tabiiy. Bu kabi ko'rsatkichni uncha buncha holatlarda kuzatish mushkul. Bu Ulug'bek Rahmatullaevni yanada ruhlantirgan holda, hozirda sevimli xonandangiz yanada yaxshiroq qo'shiqlarni tayyorlash uchun ijod qilishdan ortmayapti.

 

Birinchi | Avvalgi | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Ulug'bek Rahmatullaev qaysi yo'nalishdagi qo'shiqlarni ko'paytirishini istaysiz?
Mahzun
Sho'x
Milliy
Rep-Rok

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com