Yangiliklar

Yig'latgan Ulug'bek, endi sizni xushnud etadi!
Sana: 24-04-2012

O'zining "Layloyimsan" taronasi bilan muxlislarni yig'latgan Ulug'bek Rahmatullaev endi yoqimtoy o'zbek qizlarini raqsga chorlab, xushnud etish niyatida. Bugungi kunning eng hit taronasiga aylangan "Layloyimsan" taronasi chiqqaniga hali ko'p bo'lgan bo'lsada, Ulug'bek navbatdagi qo'shiqni muxlislar hukmiga taqdim etishga qaror qildi. "Qizlar ismi" deb nomlangan yangi taronada faqat qizlarning ismi bilan qo'shiq ijro etilgan. Ushbu qo'shiqni tinglagan o'zbek qizlarining aksari o'z ismlarini tinglashlari mumkin bo'ladi. Barchani birdek hursand qilishga harakat qilayotgan Ulug'bek hozirda navbatdagi yakkaxon konsert dasturiga tayyorlargarliklarni boshlab yuborgan, shuningdek yangi albomi ham sotuvga chiqish arafasida. Biroq, bu yangiliklar haqida keyinroq batafsil to'xtalamiz. Hozircha esa qo'shiq "Audio" bo'limi orqali tinglang va unga baho bering!

Yangi kliplarni qarshi oling!
Sana: 02-04-2012

Bir emas ikki klipni siz azizlarga taqdim etamiz. Saytimizning "Video" sahifasidan Ulug'bek Rahmatullaevning "Layloyimsan" hamda "Aql va Yurak" filmi uchun saundtrek tarzida kuylangan "Shirin orzu" qo'shig'iga ishlangan videokliplar o'rin oldi. Marhamat, kliplarni tomosha qiling va o'z fikr mulohazalaringizni bildiring. Saytning "Audio" sahifasidan esa Ulug'bekning "Layloyimsan" taronasi mp3 formatda o'rin oldi. Ijodiy sovg'alarimiz sizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

«Layloyimsan» klipi tez kunda!
Sana: 30-03-2012

2012 yilni ko'plab gastrol safarlari bilan o'tkazayotgan Ulug'bek yaqindagina O'zbekiston Respublikasi bo'ylab gastrol konsert dasturlarini o'tkazib, Malayziya, Turkiya hamda Novosibirskdagi muxlislariga ham konsert dasturlar taqdim etib qaytdi. Endi esa navbat uzoq kutilgan "Layloyimsan" nomli hit taronasiga ishlangan klip prem'erasiga yetmoqda. Ahmad Hojimatov aranjirovkasi, Bobur Bobomurod she'ri bilan kuylangan "Layloyimsan" nomli qo'shiqqa klip suratga olish ishlari 3 oy davom etganligi ham e'tiborni tortadi. Klipni ba'zi suratga olish ishlari Malayziyaning Lankavi orolida ham bo'lib o'tgan. Klip uchun katta kuch va ko'p mablag' sarflangan bo'lib, uning g'oyasi va rejissurasi Sanjar Matkarimovga tegishli. Operatorlik vazifasini esa Narimon Sultonxo'jaev amalga oshirgan. Tez kunda ushbu klip va qo'shiq prem'erasini kutib qolamiz.

Birinchi | Avvalgi | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Ulug'bek Rahmatullaev qaysi yo'nalishdagi qo'shiqlarni ko'paytirishini istaysiz?
Mahzun
Sho'x
Milliy
Rep-Rok

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com