Yangiliklar

«Aql bilan yurak»dan yaralgan «Shirin orzu»!
Sana: 11-03-2012

Ulug'bek Rahmatullaev 2012 yilda ham "jangovor" tarzda ijod qilmoqda. Yangi qo'shiqlar yozish bilan bir vaqtda, yangi filmdalardan birida bosh qahramon rolini talqin etmoqda. Debyutant rejissor Sherali Islomovning mart oyini ikkinchi yarmida katta ekranlarga chiqadigan "Aql va yurak" filmida Ulug'bek Aql obrazi talqin etmoqda. Zarina Nizomiddinova esa Yurak obrazida namoyon bo'ladi. Shuningdek, filmda Alisher Uzoqov hamda Munisa Rizaevalar ham rol ijro etishgan. Bugun biz sizlarga mazkur film uchun ishlanayotgan saundtrek klipini suratga olish jarayonida tushirilgan fotosuratlarni taqdim etamiz. Eslatib o'tamiz, saundtrek tarona "Shirin orzu" deb nomlanadi. Suratga olish jarayonidagi fotosuratlarni saytning "Fotoalbom" sahifasida ko'rishingiz mumkin.

Ulug'bek Rahmatullaev yangi filmda bosh qahramon!
Sana: 29-02-2012

Shu kunga qadar birorta ham filmda (badiiy filmda ("Voy dod sumalak" filmini inobatga olmaganda)) rol ijro etmagan edi. Ammo, endi uni yangi suratga tushirilgan filmda bosh qahramon obrazida ko'rishingiz mumkin. "Aql va yurak" nomli yangi kinokartinada siz Ulug'bekni Zarina Nizomiddinova bilan birgalikda ko'rishingiz mumkin. Film haqida keyinroq batafsil to'xtalib o'tamiz, hozircha esa film uchun maxsus saundtrek ham kuylanganligi va ushbu qo'shiq ijrochisi ham Ulug'bek Rahmatullaev ekanligini ma'lum qilishimiz mumkin. Mazkur saundtrek tarona 2 mart kuni "O'zbegim taronasi" radiosida prem'era qilinadi. Siz esa ushbu qo'shiqni hoziroq tinglashingiz mumkin. Bizning saytimizning "Audio" sahifasidan "Shirin orzu" nomli mazkur saundtrek joy oldi. Marhamat, tinglab baho bering!

Yangi qo'shiqlar va fotosuratlar...
Sana: 04-02-2012

Bugun aziz muxlislarni hursand qiladigan kun. Ya'ni, Ulug'bek Rahmatullaev o'z muxlislarini yangi qo'shiqlariyu, yangi fotosuratlari bilan xushnud etadi. Saytimizning "Fotoalbom" sahifasidan Ulug'bek Rahmatullaevning 2012 yil uchun ilk fotojamlanmasi o'rin oldi. "Audio" sahifasidan esa Ulug'bek Rahmatullaev va Rayhonning "O'qilmagan kitob" nomli qo'shig'i o'rin egallagan. Shuningdek, aynan shu sahifadan yana bir yangi duet o'rin oldi. Bu duet tarona O'zbekiston Xalq artisti G'ulomjon Yoqubov bilan birgalikda ijro etilgan. Qo'shiq nomi "Shohista" deb nomlanadi.

Birinchi | Avvalgi | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | Keyingi | So'nggi

Yangi videoklip

So'rovnoma

Ulug'bek Rahmatullaev qaysi yo'nalishdagi qo'shiqlarni ko'paytirishini istaysiz?
Mahzun
Sho'x
Milliy
Rep-Rok

Biz bilan aloqa

Konsert va tadbirlar bo'yicha:
Administrator Dilshod Rahmatullaev
Tel.: (+99898) 3076606
Ofis: (+99871) 2737374
E-mail: concert@rahmatullaev.com

Ulug'bek Rahmatullaevga murojaat:
E-mail: ulugbek@rahmatullaev.com

Sayt bo'yicha murojaat:
E-mail: info@rahmatullaev.com